“Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
2025-12-05 09:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Beruniy mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli tomonidan “Milliy liboslar – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida xotin-qizlar orasida milliy liboslarning tarixiy ahamiyati, milliy madaniyat va an’analarimizdagi o‘rni haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yosh avlodni milliy qadriyatlarni hurmat qilishga, o‘z ona yurtining madaniy merosini asrab-avaylashga chorlovchi targ‘ibotlar amalga oshirildi.




