Fargʻona tumani hokimi Janubiy Koreyalik investor bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2025-11-04 13:30:00 / Yangiliklar

Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov Janubiy Koreyaning “HANJIN AGRICULTURE AND INDUSTRY” CO. LTD. kompaniyasi rahbari Joo Seon Gu bilan uchrashdi.
Suhbat davomida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qo‘yish, xususan qulpunay va yongʻoq kabi eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, ko‘chat yetishtirish faoliyatini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda hududdagi mavjud salohiyat, yer resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama markazida boʻldi.


