Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
2026-01-10 16:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona tumani Axborot-kutubxona markazida yoshlarning qishki ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur o‘yin ishtirokchilarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, jamoalar turli sohalarga oid savollar asosida o‘zaro bellashdilar.






