Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi (https://gov.uz/oz/ferghana/news/view/117612) Farg‘ona viloyatida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’ti
2026-01-08 18:00:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyatida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayon samarasi Farg‘ona tumanidagi “Boymahalla” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Ilyosbek Noʻmonov xonadonida ham o‘z aksini topgan.
Ushbu xonadonni chin ma’noda tadbirkorlar oilasi, deb atash mumkin. Xonadon egalari mavjud imkoniyat va resurslardan unumli foydalangan holda bir nechta yo‘nalishda daromad manbaini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, tomorqaning 3 sotix yer maydonida lavanda gullari yetishtirilmoqda. Hovliga kirgan insonni xushbo‘y ifor bilan qarshi oladigan ushbu o‘simlik nafaqat estetik jihatdan jozibali, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali.
Noʻmonovlar oilasi lavanda gullaridan turli mahsulotlar tayyorlashni ham yo‘lga qo‘ygan.








