O‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
2024-11-05 15:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibiga bag‘ishlangan uch kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Agentlik xodimlari bilan birgalikda elektr energetikasi korxonalari masʼul mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bozor munosabatlarini shakllantirishda litsenziyalash tartibi asosiy o‘rin tutadi. Litsenziyalash bozor ishtirokchilari uchun xavfsizlik, sifat va moliyaviy barqarorlikning zarur standartlarini belgilaydi.
Uch kunlik o‘quv seminari davomida xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan litsenziyalash bilan bog‘liq tartiblar, blankalarni to‘ldirish va litsenziya olish tartiblari tushuntiriladi. Shuningdek, Agentlik xodimlarining bir qator taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.