2025-yil 1-maydan garovsiz beriladigan kredit miqdori qanchaga oshiriladi?
Javob: 2025-yil 1-maydan boshlab Soliq qo‘mitasining ma’lumotlari asosida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirib, tadbirkorlik subyektini (yakka tadbirkor, mikrofirma, kichik korxona etib) tashkil etganda hokim yordamchisining tavsiyasi asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan imtiyozli kredit 50 mln so‘mgacha (hozir 33 mln so‘m) ajratilishi belgilandi. Shuningdek, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ajratiladigan garovsiz kredit miqdori 150 mln so‘mgacha etib belgilanmoqda.
