“Mahallalarda teng xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi
2025-11-03 10:20:00 / Yangiliklar

“Mahallalarda teng xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasida seminar o‘tkazildi
Ellikqal’a tumani hokimligi katta majlislar zalida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Mahallalarda teng xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.
Tadbirda mahallalarda xotin-qizlar hamda oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ularni teng imkoniyatlar bilan ta’minlash, shuningdek mahalla xodimlarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi — joylarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashdan iboratdir.
Yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari A.Yuldasheva boshqarib bordi.
