Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
2025-11-04 10:15:00 / Yangiliklar

Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
Hurmatli Prezidentimizning “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, mamlakatimiz qishloq hududlarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Ellikqal’a tumanida ham aholi uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yangilash hamda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumaning Sarabiy ovul fuqarolar yig‘ini hududida 35 dona, Amirobod ovul fuqarolar yig‘ini hududida esa 30 dona yangi temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda. Ushbu ishlar qishloq aholisi uchun barqaror elektr ta’minotini yaratish, energiya tizimi ishonchliligini oshirish hamda fuqarolar turmush sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
🟩 Ellikqal’a tuman hokimligi Axborot xizmati
