“Sen iste’dodlisan” tanlovining Ellikqal’a tuman bosqichi, Ellikqal’a tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
2025-10-24 09:00:00 / Yangiliklar

“Sen iste’dodlisan” tanlovining Ellikqal’a tuman bosqichi, Ellikqal’a tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflarida hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan bolalarning iqtidor va iste’dodini aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda jamiyatda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iboratdir.
Barcha tanlov ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu tanlov ijtimoiy muhitda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ijobiy energiyani kuchaytirish, inklyuziv ta’limga bo‘lgan e’tiborni oshirishda muhim o‘rin tutdi. “Sen iste’dodlisan” tanlovi o‘z nomiga monand tarzda bolalar qalbidagi iste’dod uchqunlarini porlatdi, ularga ishonch, motivatsiya va quvonch bag‘ishladi.
✅Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati
