Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, tizimda tamagirlik va maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish borasida prokuratura organlari tomonidan tizimli nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
2025-10-13 14:55:00 / Yangiliklar

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, tizimda tamagirlik va maishiy korrupsiya holatlarining oldini olish borasida prokuratura organlari tomonidan tizimli nazorat yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, bu borada Ellikqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi va poliklinikalarda muntazam o‘rganishlar amalga oshirilib, aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Tuman prokurori Sh. Matyakubov rahbarligidagi ishchi guruhning navbatdagi o‘rganishlari “Tozabo‘g‘” OFY hududida joylashgan 64-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirildi. Shuningdek, oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga shayligi holati ham o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
