Kuni kecha tuman hokimi V.B. Niyazimbetov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, MMTP rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida hududlarga tashriflar amalga oshirildi.
2025-08-16 10:30:00 / Yangiliklar
Kuni kecha tuman hokimi V.B. Niyazimbetov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, MMTP rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida hududlarga tashriflar amalga oshirildi.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar, investitsiya va tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tumandagi bunyodkorlik hamda qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida tumanning Guldursin, Toza bog‘, Qilchinoq, Sarabiy, Do‘stlik ovul fuqarolar yig‘inlari va yaqin mahallalarida sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Tashriflar yakunida yig‘ilish o‘tkazilib, mavjud masalalar muhokama qilindi. Tuman hokimi mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilab, ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati
🟢 Web sayt (https://gov.uz/oz/ellikqala) | 🟣 Telegram (https://t.me/ellikqala1977)| 🔵 Facebook (https://www.facebook.com/tursungul.nurimova) | 🟠 Instagram (https://www.instagram.com/tv/C6txSeLgtLc/?igsh=MWZzZmF6a) | 🔴 You Tube (https://www.youtube.com/@ellikqalatumanixokimligira3230)

