“Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
2025-04-23 16:05:00 / Yangiliklar

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun tuman tarixiy muzeyiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida xodimlar tumanning qadimiy tarixi, madaniy merosi, buyuk ajdodlarimizning boy asori atiqalari merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Keyingi loyiha "Ma’rifat – kitob va kutubxonalardan boshlanadi" shiori ostida tumanda joylashgan axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida ichki ishlar xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi ham tashkil qilindi. Ushbu musobaqa ularning bilim darajasini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur tadbirlar orqali ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, yot va buzg‘unchi g‘oyalarga murosasiz kurashuvchi, iymon-e’tiqodi va irodasi mustahkam, ma’naviyatli va fidoyi, ajdodlarimiz va mardlik ko‘rsatib halok bo‘lgan xodimlarning bebaho merosiga tayanib yashaydigan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas’uliyat hissini oshiradi.








