Ellikqal’a tumanidan 36 nafar ziyoratchi muborak Haj safariga kuzatildi
2025-05-19 18:00:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining alohida e’tibori va g‘amxo‘rligi natijasida minglab vatandoshlarimiz o‘z farzlarini emin-erkin bajarish baxtiga erishmoqda. Bu borada ularga davlatimiz tomonidan juda katta amaliy yordam ko‘rsatilmoqda, qulay sharoit yaratib berilmoqda.
Ana shunday ulug‘ imkoniyat bu yil tumanimizdan 36 nafar fuqaroga nasib etdi. Tuman markazidagi “Muhammad Norinjoniy” jomye masjidida tumandoshlarimizni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Valijan Niyazimbetov, tuman bosh imom xatibi Ismoil Atajanov va mas’ullar qatnashdilar.
Tilovatlarda bo‘lajak hojilarga safarlari davomida sog‘liq, xotirjamlik, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilandi.
Tumandoshlarimiz Nukus xalqaro aeroportidan Madinai munavvaraga parvoz qilishadi.






