Xorijiy grant mablag‘lari imkoniyatlar manbai
2025-05-02 14:00:00 / Yangiliklar
Shahar va tumanlarga Xorijiy grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish va ularga tizimli ravishda ishlarni tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb qilish va donorlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Ellikqal’a tumanida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Sport vazirliklari vakillari, tuman muassasa, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda tuman hokimi 1-o‘rinbosari B.Alimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini (grantlar) jalb qilish va donorlar bilan ishlash bo‘limi vakillari va boshqalar, xorijiy grant mablag‘larini jalb qilish, amalga oshirilayotgan ishlar va ularga tizimli ravishda ishlarni tashkil etish bo‘yicha keng tushunchalar berdi.
Seminarda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.









