ĞALLANGIZGA QÖŞIMÇA OZUQA BERING, AGROTEXNIK TADBIRLARNI ÖZ VAQTIDA AMALGA OŞIRIB, MÖL HOSIL YETIŞTIRING!
2026-11-19 08:50:00 / Yangiliklar

ĞALLANGIZGA QÖŞIMÇA OZUQA BERING, AGROTEXNIK TADBIRLARNI ÖZ VAQTIDA AMALGA OŞIRIB, MÖL HOSIL YETIŞTIRING!
Ellikqal’a tuman fermerlari kengaşi Rayosati aʼzolarining fermer xöjaliklari rahbarlariga MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar!
Bugungi kunda global iqlim özgarişi, suv resurslari taqçilligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş masalalari qişloq xöjaligi oldiga yangi vazifalarni qöymoqda. Ayniqsa, xalqimiz dasturxonining tökinligi, non va non mahsulotlariga bölgan ehtiyojni töliq taʼminlaşda ğallaçilik sohasining örni beqiyosdir.
Davlatimiz tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, fermerlarni qöllab-quvvatlaş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş va hosildorlikni oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
9-dekabrdagi «Paxtaçilik va ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş uçun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qöllaşning qöşimça
çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-370-son qarori sohada yangi imkoniyatlarni yaratişga xizmat qilmoqda.
Mazkur qaror doirasida zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, ilm-fan yutuqlaridan foydalaniş, ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantiriş hamda ğalla hosildorligini gektariga 100 sentner va undan yuqori darajaga yetkaziş böyiça muhim vazifalar belgilangan.
Şuningdek, 2026-yil hosilidan boşlab ğallani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uçun realizatsiya qilgan fermer xöjaliklariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratilişi közda tutilgan. Bu esa fermerlar uçun qöşimça iqtisodiy imkoniyat va rağbat demakdir.
Qadrli fermerlar!
2027-yil hosilining möl va sifatli bölişi, avvalo, bugun dalalarimizda amalga oşirilayotgan agrotexnik tadbirlarga boğliq. Har bir kun, har bir agrotexnik tadbir va har bir gektar maydonga masʼuliyat bilan yondaşişimiz zarur.
Unutmang, yuqori hosil tasodifan yaratilmaydi. U öz vaqtida tayyorlangan yer, sifatli urug‘, töğri oziqlantiriş, meʼyorida suğoriş va ösimliklarni kasallik hamda zararkunandalardan himoya qiliş natijasidir.
Ayniqsa, kuzgi vegetatsiya davrida ğalla nihollarini töğri parvarişlaş, ularning ildiz tizimini mustahkamlaş va qişlovga soğlom kirişini taʼminlaş kelgusi hosil uçun muhim poydevor hisoblanadi.
Şu bois, har bir fermer xöjaligi rahbari öz dalasida «ZARBDOR BIR OYLIK» tadbirini eʼlon qilib, barça agrotexnik işlarni tizimli taşkil etişi lozim.
«ZARBDOR BIR OYLIK» DOIRASIDA AMALGA OŞIRILIŞI LOZIM BÖLGAN VAZIFALAR
2027-yilda har bir gektar ğalla maydonidan 100 sentner va undan yuqori hosil oliş maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oşirişni tavsiya etamiz:
Birinçidan, barça ğalla maydonlarini töliq xatlovdan ötkazib, nihollarning unib çiqişi, rivojlaniş darajasi va qalinligini örganing. Rivojlanişdan ortda qolayotgan, siyrak va keç ekilgan maydonlarni alohida nazoratga oling.
Ikkinçidan, ğalla maydonlarini oziqlantiriş uçun zarur azotli, fosforli va kaliyli mineral öğitlar zaxirasini şakllantiring. Ösimlikning rivojlaniş holati va tuproq tahlillaridan kelib çiqib, keçki hamda sust rivojlangan maydonlarda qöşimça oziqlantiriş işlarini taşkil eting.
Uçinçidan, ğalla nihollarini mikroelementlar bilan oziqlantirişga alohida eʼtibor qarating. Bor, kremniy va boşqa mikroelementli preparatlarni ilmiy tavsiyalar, mahsulot yöriqnomasi hamda agronom mutaxassislar tavsiyasi asosida qöllang. Bunda ösimlikning rivojlaniş fazasi va ob-havo şaroitini hisobga oling.
Törtinçidan, lalmi maydonlarda ğalla ekiş işlarini belgilangan agrotexnik muddatlarda yakunlang. Ekiş muddatlari, uruğlik meʼyori va tuproq namligiga qatʼiy rioya eting.
Beşinçidan, suğorilmagan ğalla maydonlarida suv taʼminotini yaxşilang. Öqariqlar oraliğini maydonning nişabligi va tuproq xususiyatlaridan kelib çiqib belgilab, yengil suğoriş tadbirlarini taşkil eting.
Oltinçidan, suv tejovçi texnologiyalar, xususan, yomğirlatib suğoriş tizimlarini keng joriy eting. Davlat tomonidan belgilangan subsidiya imkoniyatlaridan foydalanib, suv sarfini kamaytiriş va hosildorlikni oşirişga erişing.
Yettinçidan, keçki ekilgan va sust rivojlangan ğalla maydonlarida tuproq unumdorligini oşiriş çoralarini köring. Çirigan mahalliy organik öğitlardan tuproq holati va agronomik tavsiyalarga muvofiq foydalaning.
Bu tuproqning fizik xususiyatlarini yaxşilaş va foydali mikroorganizmlar faoliyatini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Sakkizinçidan, ğöza qator oralariga ekilgan ğalla maydonlarini ğözapoyalardan öz vaqtida tozalang. Bunda maxsus agregatlardan foydalanib, ğalla nihollari va ildiz tizimiga zarar yetkazilişining oldini oling. Ğözapoyadan qayta işlaş orqali qöşimça daromad oliş imkoniyatlarini ham körib çiqing.
Töqqizinçidan, ob-havoning qulay kunlaridan samarali foydalanib, dala atroflari, içki va xöjalik ariqlarini tozalang. Suğoriş tarmoqlarini tartibga keltirib, suvdan samarali foydalaniş çoralarini köring.
Öninçidan, ğallaçilik klasterlari, agronomlar, suvçilar va mexanizatorlar bilan hamkorlikni kuçaytiring. Har bir maydonning holatidan kelib çiqib, oziqlantiriş, suğoriş va parvarişlaş böyiça aniq agrotexnik reja işlab çiqing.
Ön birinçidan, Özbekiston fermerlari kengaşi murojaatnomasida hamda Qişloq xöjaligi vazirligining boşoqli don ekinlarini mikroelementli öğitlar bilan oziqlantiriş böyiça tavsiyanomasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiring.
MIKROELEMENTLAR BILAN OZIQLANTIRIŞDA MUHIM TAVSIYALAR
Ğalla nihollarining soğlom rivojlanişi, ildiz tizimining mustahkamlanişi va taşqi muhitning noqulay omillariga çidamliligini oşirişda bargdan oziqlantiriş usuli muhim ahamiyatga ega.
Bunda bor kislotasi, kremniyli preparatlar va boşqa biostimulyatorlardan foydalaniş mumkin. Biroq ularning meʼyori, özaro mosligi va qöllaş muddati preparatning tarkibi, konsentratsiyasi, ğalla rivojlaniş fazasi hamda ob-havo şaroitiga qarab belgilanadi.
Aspirin kabi vositalarni ham keng maydonlarda qöllaşdan oldin ilmiy asoslangan tavsiya va kiçik tajriba maydonlarida sinov natijalariga tayaniş zarur.
Işçi eritmalarni tayyorlaş va qöllaşda
- Dron yordamida işlov berişda eritma konsentratsiyasi va sarf meʼyorini purkagiç texnik imkoniyatlariga moslang.
- Ştangali purkagiçlardan foydalanişda preparatlarning suvda eruvçanligi va özaro kimyoviy mosligini tekşiring.
- Har bir preparatni işlab çiqaruvçi yöriqnomasiga muvofiq tayyorlang.
- Turli moddalarni bir idişda aralaştirişdan oldin ularning mosligini aniqlang.
- Işlovni şamolsiz, harorat va namlik jihatidan qulay şaroitda, agronom tavsiyasiga asosan amalga oşiring.
- Eritma tayyorlaş va purkaş jarayonida mehnat hamda ekologik xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qiling.
Eslatma: bor kislotasi, kremniyli preparatlar va aspirin uçun universal aralaştiriş meʼyori mavjud emas. Şu sababli aniq gramm, millilitr va gektar hisobidagi sarf meʼyorlari işlatiladigan mahsulotning faol modda konsentratsiyasi hamda tasdiqlangan agronomik tavsiyaga muvofiq belgilanadi.
AZIZ DEHQON VA FERMERLAR!
Bugun dalada qilingan mehnat ertangi hosilimizning asosidir. Har bir gektardan olinadigan hosilni oşiriş, suv va mineral öğitlardan oqilona foydalaniş, ilğor agrotexnologiyalarni joriy etiş orqali nafaqat fermer xöjaligimiz daromadini, balki mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ham mustahkamlaymiz.
Şu munosabat bilan barça fermer xöjaliklari rahbarlarini «Zarbdor bir oylik» tadbirida faol iştirok etişga, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajarişga, ilm-fan yutuqlari hamda ilğor tajribalarni keng joriy etişga çaqiramiz.
Maqsadimiz bitta — 2027-yilgi ğalla hosilini möl-köl yetiştiriş, har bir gektardan yuqori hosil va daromad oliş!
Barçangizga zahmatli mehnatingizda kuç-ğayrat, omad va baraka tilaymiz!
Möl hosil — farovon hayot, tökin dasturxon va yurtimiz ravnaqining mustahkam asosidir!
Ellikqal’a tuman fermerlari kengaşi Rayosati aʼzolari
