“Betgerxonlik”
2026-11-17 12:20:00 / Yangiliklar

“Betgerxonlik”
Bugun “INFOLIB ÕZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ellikqalʼa tumani axborot-kutubxona markazida oʻzbek kutubxonaşunosligi asoschilaridan biri, atoqli bibliograf olim Yevgeniy Karlovich Betger xotirasi va ilmiy merosiga bagʻishlangan “Betgerxonlik” maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Ellikqalʼa tumani maktabgaça va maktab taʼlimi bõlimiga qarashli 22- va 61-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari õquvchilari hamda ustozlari faol iştirok etişdi.
Tadbir davomida yoş kitobxonlarga Yevgeniy Betgerning Õzbekistonda kutubxonaçilik işini rivojlantirişga qoʻşgan ulkan hissasi, noyob qoʻlyozmalar va bibliografik koʻrsatkiçlarni yaratishdagi xizmatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Õquvchilar kutubxona fondidagi nodir naşrlar bilan tanişib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
