“Ma’rifatli jamiyat — kuchli davlat”
2026-11-18 12:10:00 / Yangiliklar

#Xalqaro_bag‘rikenglik_kuni
#Ellikqal’a_tumani
“Ma’rifatli jamiyat — kuchli davlat”
16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Ellikqal’a tuman axborot-kutubxona markazida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yagona O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi”shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi rahbari A. Matniyazova, Din ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tumani bosh mutaxassisi E. Allabergenov, targ‘ibot guruhi rahbari D. Sharipova, Axborot-kutubxona markazi direktori M.Djumaniyazova hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbir davomida kitobning inson ma’naviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda yoshlarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yoshlar qalbida millatlararo do‘stlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va kitobxonlik madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



