TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI.
2026-11-08 14:10:00 / Yangiliklar

TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI.
Bugun Ellikqal’a tumanidagi “Diydor” tantanalar uyida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari uçun bayram tadbiri taşkil etildi. Unda tumandagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan şifokorlar, hamşiralar, farmatsevtika sohasi xodimlari hamda faxriylar iştirok etdi.
Tadbirni tuman hokimi Valijan Niyazimbetov samimiy tabrik sözi bilan oçib berdi.
Tuman hokimi öz nutqida Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga alohida töxtalib ötdi.
Şuningdek, Ellikqal’a tumanida ham uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar va erişilayotgan natijalar qayd etildi. Jumladan, Prezidentimizning tegişli qaroriga muvofiq, tuman tibbiyot birlaşmasiga 5 milliard sömlik 12 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar olib kelingani, tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlari kengayib borayotgani, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş hamda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar ta’kidlandi.
Darhaqiqat, inson hayoti va salomatligini asraş, bemorlarga öz vaqtida malakali tibbiy yordam körsatiş, har bir insonning dardiga malham bölişdek şarafli vazifa tibbiyot xodimlaridan yuksak bilim, fidoyilik, sabr-toqat va mas’uliyat talab etadi.
Bayram tadbiri davomida özining köp yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati va soha rivojiga qöşayotgan munosib hissasi bilan alohida ajralib turgan bir guruh tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tuman hokimligining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
Tadbirning badiiy qismida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşib, keçaga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Bayram iştirokçilari uçun taşkil etilgan samimiy uçraşuv va bayram dasturxoni soha fidoyilariga körsatilayotgan e’tibor va ehtiromning yana bir ifodasi böldi.





