ELLİKQAL’A TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2026-10-29 15:15:00 / Matbuot anjumanlari

ELLİKQAL’A TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati hamda Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati hamkorligida press-tur tashkil etildi.
Unda respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiy xizmat sifati, xususan, tug‘ruq bo‘limi faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Press-turda Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida tibbiyot muassasasida yaratilgan qulayliklar, mavjud imkoniyatlar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida ma’lumot berildi.
Press-turdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumanda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni yoritishdan iborat.




