BELGILANGAN JADVAL ASOSIDA FUQAROLAR QABULI
2026-10-27 10:15:00 / Yangiliklar

BELGILANGAN JADVAL ASOSIDA FUQAROLAR QABULI
Ellikqal’a tumani hokimi Valijan Niyazimbetov hamda hokim o‘rinbosarlarining fuqarolar bilan yakka tartibdagi qabullari belgilangan jadval asosida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Qabullar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati
