Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
2026-10-19 15:25:00 / Yangiliklar

Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
Barchangizga ma’lumki hozirgi kunda internet tarmog‘i hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Lekin ayrim g‘arazli kimsalar tomonidan internet tarmoqlari orqali kiberjinoyatlarni sodir etish holatlari kuzatilmoqda. Joriy yil boshidan tumanimiz bo‘yicha fuqarolarning bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bo‘yicha 218 ta holat qayd etilib, fuqarolarga jami 1 mlrd 171 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Ushbu holatlarning aksariyat qismi soxta va zararli ilovalar orqali sodir etilmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan “APK Qo‘riqchi” dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur sizning telefon qurilmangizda mavjud soxta va zararli ilovalarni aniqlaydi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz va pul mablagʻlaringizning ishonchli himoyasini ta’minlaydi.
Ushbu QR kod va havola orqali qo‘l telefoningizga "APK Qo‘riqchi" ilovasini o‘rnatib olishingizni so‘ramiz.
https://project.cybercontrol.uz/r/JaDq7Lb0xs89rkwmVUrCcQ
Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limi.
