PROBATSIYA NAZORATIDAGI FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2026-10-15 12:40:00 / Yangiliklar

PROBATSIYA NAZORATIDAGI FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Ellikqal’a tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Probatsiya bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Davron Ahmedov va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Azizbek Ro‘zmetov rahbarligida probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda fuqarolarga takroriy jinoyat sodir etishning oldini olish, qonun talablariga qat’iy rioya qilish va jazo muqarrarligi tamoyili tushuntirildi. Shuningdek, respublika hududida sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyat holatlari haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan islohotlardan samarali foydalanish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunar o‘rganish markazlarida kasbiy ko‘nikmalarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, probatsiya tizimining asosiy maqsadi nafaqat nazoratni ta’minlash, balki fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, ularni halol mehnatga yo‘naltirish va takroriy jinoyatlarning oldini olishdan iborat.
Bunday uchrashuvlar fuqarolarning mas’uliyatini oshirish, mavjud muammolarini o‘rganish va ularni jamiyatga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
