RASMIY MUNOSABAT
2026-09-29 12:00:00 / Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT
Fuqaro Dilbar Mambetova tomonidan 28-sentabr kuni Hurmatli Prezidentimizga To‘rtko‘l–Ellikqal’a avtomobil yo‘li holati yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Mazkur murojaat Ellikqal’a tumani hokimligi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, unda ko‘tarilgan masalani o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Murojaat bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Ellikqal’a tumani hokimligi Axborot xizmati
