Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-09-10 16:20:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani tuman Kengashi raisi Sh.Qo‘shnazarov boshqarib bordi.
Sessiyada tuman hokimi V.Niyazimbetov, Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashi deputatlari, shuningdek, tegishli korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidan “Tashabbusli budjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan fuqarolar tashabbusining 2026-yil 2-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish, “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish, tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda budjet tashkilotlarining ayrim xarajatlarini moliyalashtirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Alimov axborot berdi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya jarayoni tuman Kengashining Facebook https://www.facebook.com/share/1HwaTCRjtn/ ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi.



