TUMAN FERMERLARI KENGASHI RAYOSATINING MUROJAATNOMASI
2026-10-03 15:50:00 / Yangiliklar

TUMAN FERMERLARI KENGASHI RAYOSATINING MUROJAATNOMASI
Paxta hosilini oz vaqtida terib olib, Prezidentimiz tomonidan
berilgan imtiyoz va subsidiyalardan foydalaning
hamda daromadingizni oshiring!
2026 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta dalalaringizda yil davomida olib borilgan agrotexnik tadbirlar jumladan, ozingizning tajribangiz hamda qishloq xojaligi xodimlarining va Fermerlar kengashining murojaatnomalari va tavsiyalari natijasida dalangizda katta paxta xirmoni uchun yetarli hosil yaratgansiz.
Tuman fermerlari kengashi rayosat azolari Sizlardan paxtani qisqa muddatlarda sifatli va toliq yigib olish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiradi.
Prezidentimiz tomonidan Siz fermerlarga 2026 yilda paxtani yetishtirish, uni sifatli terib olish va mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun farmon va qarorlari bilan koplab imtiyozlar berildi. Jumladan:
Birinchidan, Prezidentimizning 2026 yil 8 maydagi PF-82-sonli Farmoni bilan paxta xomashyosini yetishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xojaliklarga ushbu kreditlar boyicha tolangan foiz tolovining 2,5 foizini;
Ikkinchidan, fermer xojaligi oz mablaglari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xojaliklarga ushbu kreditlar boyicha tolangan foiz tolovlarining 5 foizini qaytarib beradi;
hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi subsidiya beriladi;
Uchinchidan, Prezidentimizning 2026 yil 28 sentabrdagi PQ-354-sonli qaroriga muvofiq 2026 yil hosilini birja savdolari orqali sotgan barcha paxta yetishtiruvchi subyektlarga tonnasiga 500 ming somdan subsidiya ajratiladi;
Tortinchidan, Prezidentimizning 2026 yil 12 sentabrdagi PQ-326-sonli qaroriga muvofiq dizel yoqilgisini xarid qilish bilan bogliq xarajatlarni qisman qoplash uchun 2026 yil 1 iyuldan boshlab 2026 yil 1 dekabrga qadar fermer xojaliklariga tovar-xomashyo birjalaridagi savdolar orqali xarid qilinadigan har bir tonna dizel yoqilgisi qiymatining 15 million somdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million somdan kop bolmagan miqdorda davlat tomonidan subsidiya beriladi;
Hurmatli fermer xojaligi rahbari!
Sizdan, Prezidentimiz tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib, paxta terish ishlarini togri tashkil etishga davat etamiz.
Bu borada tuman fermerlari kengashlari Rayosat azolari bilan birgalikda ozining beminnat yordamini ayamaydi.
Soha mutaxassislari oktabr oyida otgan yilga nisbatan seryogin kelishi boyicha prognoz bermoqda.
Sizdan, “Har bir kunni ganimat” ekanligini his qilib, paxtangizni oz vaqtida terib olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshiring!
Birinchidan, bugundan boshlab, oz ishchilaringizni paxta dalangizga chiqarib seryogin kunlarga qoldirmasdan paxtangizni qisqa muddatda terib oling;
Ikkinchidan, defoliatsiya qilinmagan maydonlaringizni 1 kunda sifatli defoliatsiya qiling;
Uchinchidan, paxta dalalaringizni aslo sugormang;
Tortinchidan, paxta dalalaringizni paxta terish mashinasi terishI uchun sharoit yarating hamda paxtangizni terim mashinasida tering;
Beshinchidan, paxta yigim terimiga mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etgan holda tashkil etishingizni hamda har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanmang;
Oltinchidan, paxtangizni oz vaqtida va sifatli terib olib, Prezidentimiz tomonidan fermerlarga yaratib berilgan imtiyozlardan foydalaning hamda daromadingizni oshiring.
Xurmatli fermer!
Paxta xomashyosini qabul qilish jarayonida noxolis munosabat bolganda asossiz chegirmalar qollanilganda, Kengash mutaxassislari Sizning murojaatingizni korib chiqib, ishonchli tarzda himoya qiladi.
Hurmat bilan,
Tuman fermerlari kengashi Rayosati azolari
