FUQAROLAR MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA
2026-10-06 11:00:00 / Yangiliklar

FUQAROLAR MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA
Ellikqal’a tumanida tuman hokimi Valijan Niyazimbetov hamda hokim o‘rinbosarlarining belgilangan grafik asosida fuqarolar bilan shaxsiy qabullari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Shaxsiy qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilmoqda.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada fuqarolarning qator murojaatlari ijobiy hal etilmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish va murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish tuman hokimligi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.






