“Odil sudlov – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
2026-09-24 09:55:00 / Yangiliklar

“Odil sudlov – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi
2026-yil 23-sentabr kuni Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” OFY binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tuman sudining tergov sudyasi A. Seytanov ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning sud-huquq sohasiga oid savollariga javoblar berilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
