Yo‘l harakati xavfsizligi: qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar
2026-09-16 10:40:00 / Yangiliklar

Yo‘l harakati xavfsizligi: qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar
O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi O‘RQ-1033-son Qonuni bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 128⁸, 128⁹ va 128¹⁰-moddalar bilan to‘ldirildi.
🔹 128⁸-modda. Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish uchun BHMning 2 baravari, majburiy hamrohliksiz odam tashish uchun 5 baravari miqdorida jarima belgilanadi.
🔹 128⁹-modda. Transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima solinadi.
🔹 128¹⁰-modda. Yo‘l bezoriligi. Bunday huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yildan 2 yilgacha mahrum qilish hamda BHMning 25 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Huquqi bo‘lmagan yoki boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxs tomonidan sodir etilsa, BHMning 50 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llaniladi.
Mazkur Qonun yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tuman sudining tergov sudyasi
Seytanov Azat Ismaylovich
