Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
2026-09-09 09:50:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
Ellikqal’a tumanida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi Valijan Niyazimbetov hamda hokim o‘rinbosarlarining fuqarolar bilan shaxsiy qabullari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Qabul jarayonlarida fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilmoqda.
Murojaatlar nazoratga olinib, ularni amaliy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Fuqarolar murojaati — e’tiborda, muammolar yechimi — nazoratda!




