Rasmiy munosabat
2026-09-05 10:05:00 / Yangiliklar

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda «Qoraqalpog‘istonda qonun ustuvormi yoki “o‘zboshimchalik”? Ellikqal’a tumanidagi muammoli qurilish bo‘yicha savollarimiz bor» sarlavhali xabar e’lon qilindi.
Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Majburiy ijro byurosining Ellikqal’a tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro varaqasi mavjud bo‘lib, unga asosan Ellikqal’a tumani «Guldursin» OFY hududida 62,7 kv.m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan noturar bino hamda 34,1 kv.m maydondagi yengil tipdagi bostirmani javobgar M.Karimova hisobidan buzish belgilangan.
Sud hujjati ijrosini ta’minlash yuzasidan qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan. Biroq sud hujjati talablari belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli, joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Hozirgi vaqtda sud hujjati ijrosini ta’minlash bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Qarzdorga sud hujjati talablarini bajarmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqilishi yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirish berilgan.
Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi
