Paxtachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi kooperativlari rahbarlariga ESLATMA
2026-08-23 19:40:00 / Yangiliklar

Paxtachilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi
kooperativlari rahbarlariga
ESLATMA
Hurmatli qishloq xo‘jaligi
kooperativlari rahbarlari,
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish, ularni rivojlantirish, davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator normativ- huquqiy hujjatlar asosida qishloq xo‘jaligi kooperativlariga faoliyatini samarali tashkil etish uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratildi.
Jumladan, "Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida"gi yangi tahrirdagi Konuni bilan kooperativlar qishloq xujaligi mahsulotlarini yetishtirishi, saqlashi, qayta ishlashi va realizatsiya qilishi, shartnomalar tuzishi, kooperativ a’zosi tomonidan pay badali sifatida kiritilgan mol-mulkni sotib olishi, hadya qilishi, lizingga yoki ijaraga olishi, sotishi, garovga qo‘yish huquqlaridan foydalanishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarni bajarishi, soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi, moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish va takdim etish majburiyatlariga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 iyuldagi
PF-103-sonli "Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga Muvofiq, respublikaning barcha hududlarida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperativlari tashkil etishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi
PF-22-son Farmoni bilan O‘zbekiston fermerlari kengashiga qishloq xo‘jaligi kooperativlarining manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan da’vo arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi
PF-7-sonli "Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan paxta xom ashyosini o‘z mablag‘lari Va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining
10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Ajratiladigan kreditlar hisobidan paxta xom ashyosini saqlash va birlamchi (tegirmon usulida) qayta ishlash xizmatlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 680-son qarori bilan tasdiqlangan "Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im- terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, kooperativlarga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish huquqi berildi.
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi paxtachilik kooperativlari kuyidagi kechiktirib bo‘lmas vazifalarni ham bajarish lozim bo‘ladi.
Birinchidan, paxta dalasini terimga tayyorlash, paxta hosilini to‘liq ochilishi choralarini ko‘rish hamda Terim mashinalari va tirkamalarni shay holatga keltirish;
Ikkinchidan, paxta xomashyosini qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini elektron tarozi va "Hosil qabuli" axborot tizimi bilan ishlashga o‘rgatish hamda elektron tarozi orqali to‘g‘ri rasmiylashtirish va kunlik hisobotlarda ma’lumotlarni to‘g‘ri aks ettirish;
Uchinchidan, kooperativlarning qabul maskanlarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini, dasturiy ta’minotini, internet va quvvat manbalarini uzluksiz ishlashini tashkil etish;
To‘rtinchidan, paxta xomashyosi yig‘im-terimi va yakuniy
hisob-kitobi xarajatlarini moliyalashtirishda spot shartnomasida belgilangan narx e’lon qilingan narxdan past bo‘lganda, moliyalashtirish shartnomasida belgilangan narx bo‘yicha amalga oshirish;
Beshinchidan, kooperativlar faqat paxta xomashyosini saqlash va qayta ishlab berishi va birja savdolarida ichki iste’molchilarga sotishi, bunda paxta xomashyosini sotib olish huquqiga ega bo‘lmasligini inobatga olish;
Oltinchidan, paxtaning sifati va narxining pasayishini oldini olish, yomg‘irli kunlarda kechiktirmasdan terib olish, terimchilarni faol jalb etib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishi;
Yettinchidan, kooperativga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida to‘g‘ri amalga oshirish, ularga moddiy zarar yetkazmaslik, Fermerlarning huquqlari Va qonuniy manfaatlariga rioya etishingizni so‘raymiz.
