Aqchako‘l bo‘ylab bayram shukuhi taralmoqda
2026-08-15 17:10:00 / Yangiliklar

🎶 Aqchako‘l bo‘ylab bayram shukuhi taralmoqda
🔸Qoraqalpog‘istonda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasidagi madaniy tadbirlar bayramona ruhda davom etmoqda.
“Aqchako‘l” turistik-rekreatsion zonasi amfiteatrida yangragan dilbar kuy-qo‘shiqlar, jo‘shqin sahna chiqishlari va bayram taronalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Rang-barang gala-konsert san’atkorlar, xonandalar, madaniyat sohasi vakillari va yoshlarni bir maydonga jamlab, 1500 nafarga yaqin tomoshabinga unutilmas taassurotlar baxsh etdi. Kecha davomida yangragan har bir tarona qalblarga bayram shukuhi, Vatanga muhabbat va ezgu tuyg‘ularni olib kirdi.
✨ Aqchako‘l bo‘yida yangragan musiqa sadolari bayramning fayzini yanada oshirib, ko‘ngillarga quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.
