Ellikqal’a tumanida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
2026-07-25 09:15:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanida mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda mahalla bankirlari ishtirokida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalar bilan manzilli ishlash, shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i S. Turmanov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Isakov hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Ellikqal’a tumani bo‘limi boshlig‘i Sh. Qo‘shnazarov ishtirok etib, mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, aholi bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
