Ellikqala tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda!
2026-07-15 17:10:00 / Yangiliklar

Ellikqala tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari qizg‘in davom etmoqda!
✅ “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sportning "Gandbol" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
🏀 Loyiha doirasida tashkil qilinib kelinayotgan sport, fan-ta'lim, madaniyat va vatanparvarlik yo‘nalishidagi to‘garaklar va tadbirlar ta’tildagi maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlarni birlashtirib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
💡 Tashkil etilayotgan musobaqalar, ijodiy uchrashuvlar, bilim bellashuvlari va madaniy tadbirlar yoshlarimizga nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki do‘stlik, hamjihatlik va yurtga sadoqat ruhini ham singdirmoqda.
