Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-07-11 17:30:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyaga Kengash raisi Sh.Qo‘shnazarov raislik qildi. Unda deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yil II chorakdagi faoliyati yuzasidan hisobotlar ko‘rib chiqildi.
Har bir masala deputatlar tomonidan batafsil muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya Ellikqal’a tumani hokimligining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirda namoyish etildi.
Ellikqal'a tuman hokimligi axborot xizmati.
