HAR PAYSHANBA — “YOSHLAR KUNI”
2026-07-10 17:25:00 / Yangiliklar

HAR PAYSHANBA — “YOSHLAR KUNI”
Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilib, mahallalardagi yoshlarning murojaat va muammolarini o‘rganish, ularni bandlikka jalb etish hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugun Ellikqal’a tumanidagi Kichik Guldursun mahallasida “og‘ir” toifaga kiritilgan ishsiz yoshlarga biriktirilgan rahbar — Ellikqal’a tumani Tibbiyot birlashmasi rahbari D. Aniyazov tomonidan ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2 dona tikuv mashinasi topshirildi.
Mazkur ko‘mak yoshlarning o‘zini o‘zi band qilishi, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga xizmat qiladi.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar Ellikqal’a tumanida izchil davom ettirilmoqda.
