Ellikqal’a tumani hokimi va hokim o‘rinbosarlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilishlari tasdiqlangan jadval asosida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
2026-07-04 11:50:00 / Yangiliklar

#Qabul
Ellikqal’a tumani hokimi va hokim o‘rinbosarlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilishlari tasdiqlangan jadval asosida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash maqsadida qabullar Ellikqal’a tumani Xalq qabulxonasi binosida tashkil etilmoqda.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. Murojaatlarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinmoqda.
