FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
2026-06-28 17:25:00 / Yangiliklar

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA
TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR UChUN
MA’MURIY JAVOBGARLIK
Fuqoralarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 15 bobida beligilangan bulib, 183-moddasidan
1921-moddasiga qadargi moddalarni tashkil etadi.
Jo‘mladan,
Mayda bezorilik;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari;
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;
O‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish; Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish;
Fuqarolarning xonaki usulda hozirlanadigan o‘tkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlashi yoki sotishi;
Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish;
Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish;
Voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan moddalar yoki vositalarni iste’mol etishga jalb qilish;
Voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish;
Restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari, Internet tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoki boshqa ko‘ngil ochish (dam olish) joylarining rahbarlari yoxud boshqa mas’ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish;
Tilanchilik bilan shug‘ullanish;
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish;
Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish,
Fohishalik bilan shug‘ullanish;
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish,
To‘ylar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik kabi huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun ma’muriy jarima yoki ma’muriy qamoq jazolari belgilanganligi sababli hurmatli fuqoralardan yuqorida atab o‘tilgan qonun talablariga rioya qilishi so‘raladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tuman
sudining tergov sudyasi
Seytanov Azat Ismaylovich
