“Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-06-23 18:05:00 / Yangiliklar

“Mustaqillik to‘yi” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Ellikqal’a tumanidagi San’at saroyi yozgi shiyponida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali tashkil etildi.
Mazkur festival jamiyatda millatlararo totuvlik va fuqarolar hamjihatligini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni yanada qadrlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Festival davomida Madaniyat bo‘limi xodimlari va Maqom ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashib, tadbirning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Shuningdek, festival doirasida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida rassomlar tanlovi ham tashkil etildi. Yoshlar o‘z ijodiy ishlari orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib, giyohvandlik illatining salbiy oqibatlarini yorqin ifodalashdi.
Tadbir yakunida festival va tanlovlarda faol qatnashgan ustozlar hamda o‘quvchi-yoshlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
✨ Festival ishtirokchilarda yurtimiz taraqqiyoti, milliy birlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
