Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
2026-06-11 11:30:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanida rahbarlarning shaxsiy qabullari muntazam tashkil etilmoqda.
Bugun tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Alimovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan bandlikni ta’minlash, kichik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish, ish bilan ta’minlanish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan bunday qabullar aholi roziligini ta’minlash va hududni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


