Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida
2026-06-12 11:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va amaliy yechim markazida
Bugun Ellikqal’a tumani hokimi V.B. Niyazimbetovning navbatdagi yakka tartibdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun" tamoyili asosida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlarning aksariyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda infratuzilmani yaxshilash masalalariga oid bo‘lib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar hamda muddatli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday qabullar aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlash, hududlarni rivojlantirish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

