Ellikqal’a tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2025–2026 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsert dasturi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
2026-05-18 11:25:00 / Yangiliklar

#Hisobot_konserti
Ellikqal’a tumani 23-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2025–2026 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan hisobot konsert dasturi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilar tomonidan milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy hamda estrada xonandaligi, shuningdek, turli cholg‘u ijrolari namoyish etildi. O‘quvchilarning bir yil davomida egallagan bilim va mahorati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi o‘quvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Konsert dasturida ota-onalar, ustozlar, faxriy mehmonlar va san’at ixlosmandlari ishtirok etib, yosh iste’dodlarning chiqishlarini olqishlar bilan qarshi oldilar.
Tadbir yakunida faol o‘quvchilar hamda ustozlarga minnatdorlik bildirilib, kelgusidagi ijodiy faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.
