Xushxabar!
2026-05-20 11:15:00 / Yangiliklar

Xushxabar!
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqorgʻi Kengesi raisi Olimpiadasida Ellikqal’a tumani sport maktabi sportchilari Taekvondo WT yoʻnalishida munosib natijalarni qayd etdi.
Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasining 17 ta tumanidan tashrif buyurgan kuchli sportchilar oʻzaro bellashdi.
Tajiyeva Xusniya — para taekvondo boʻyicha 57 kg vazn toifasida faxrli 1-oʻrinni egallab, Prezident Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Sersenbayev Diyas — 45 kg vazn toifasida 2-oʻrin
Vapayeva Anora — 33 kg vazn toifasida 3-oʻrin
Farxadova Zarnigor — +59 kg vazn toifasida 3-oʻrin
Ellikqal’a sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
