Ellikqal’a tumanida diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-05-14 09:55:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida diniy aqidaparastlik va ekstremizmga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish-rejaga muvofiq, Ellikqal’a tumanida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tahdidlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda, ayniqsa ta’lim muassasalarida hushyorlikni oshirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda diniy bag‘rikenglik va tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tuman hokimligining majlislar zalida o‘tgan yig‘ilishni tuman hokimi o‘rinbosari Oybek Atadjanov olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Nurulla Jamolov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassis Xurayim Ibragimova so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot va tahliliy mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldasheva, mahalla yettiligi hamda tegishli tashkilot vakillari иштирок этиб, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.





