Ellikqal’ada xalqaro turizm forumi delegatsiyasi kutib olindi
2026-04-18 18:00:00 / Yangiliklar

Ellikqal’ada xalqaro turizm forumi delegatsiyasi kutib olindi
Xorijiy turoperator va turizm biznesi vakillaridan iborat delegatsiya bugun - Birinchi “Qoraqalpog‘iston destinatsiya forumi” - doirasida o‘z tashrifini Ellikqal’a tumanidan boshladi.
Delegatsiya tumanga kirish darvozasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda Ellikqal’a tumani hokimligining mas’ul xodimlari tomonidan iliq kutib olindi.
Forum doirasida delegatsiya a’zolari tuman hududidagi Tuproqqal’a va Ayazqal’a tarixiy obyektlariga tashrif buyuradi.



