Oliy ta’lim imkoniyatlari: yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-04-21 17:35:00 / Yangiliklar

Oliy ta’lim imkoniyatlari: yoshlar bilan ochiq muloqot
Joriy o‘quv yili yakuniga yetib, bitiruvchi yoshlar uchun mas’uliyatli va muhim davr — kelgusi ta’lim yo‘lini tanlash bosqichi boshlanishiga oz vaqt qoldi. Ushbu jarayonda yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish, ularni oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan Ellikqal’a tumanidagi madaniyat markazi va Sarabiy ovulidagi 23-sonli Bolalar musiqa va san’at maktablarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda Toshkent davlat agrar universiteti agronomiya va agrotexnologiyalar kafedrasi professori N. Xudaybergenov hamda dotsent U. Sultanovlar ishtirok etib, bitiruvchi yoshlar va sohaga qiziquvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, namoyish etilgan prezentatsiya va videoroliklar orqali ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi va zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini oshirish bilan birga, ularning kelajakda malakali kadr bo‘lib yetishishlariga mustahkam zamin yaratmoqda.
Ellikqal’a tuman hokimligi axborot xizmati
🌐Web sayt (https://gov.uz/oz/ellikqala) | ✅ Telegram | (https://t.me/ellikqala1977) ✅Facebook (https://www.facebook.com/tursungul.nurimova) | 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/tv/C6txSeLgtLc/?igsh=MWZzZmF6a)




