Bugun 2-son Respublikalik ruhiy va asab kasalliklari dispanserida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida 5000 qadam marafoni tashkil etildi.
2026-04-09 17:10:00 / Yangiliklar

Bugun 2-son Respublikalik ruhiy va asab kasalliklari dispanserida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida 5000 qadam marafoni tashkil etildi.
Joriy yilning 7-aprel kuni muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishda har haftaning bir kunini “sport kuni” sifatida belgilash taklifi ilgari surilgan edi. Shu asosda dispanserimiz jamoasi o‘rtasida sportning stol tennisi, shashka va shaxmat turlari bo‘yicha to‘garaklar yo‘lga qo‘yildi.
Albatta, har bir inson sog‘lom turmush tarziga rioya qilsa, uning kun davomidagi ish faoliyati ham ko‘tarinki ruhda bo‘ladi va bu ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois, barchani o‘z sog‘ligiga befarq bo‘lmaslikka chorlab qolamiz!
——————————————-





