Bugun Ellikqal’a tumani hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining 7-chaqiriq 22-sessiyasi o‘tkazildi.
2026-03-26 16:05:00 / Yangiliklar

Bugun Ellikqal’a tumani hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining 7-chaqiriq 22-sessiyasi o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi V. Niyazimbetov, tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi Sh. Qo‘shnazarov olib bordi.
Sessiya kun tartibida “Tashabbusli byudjet” loyihalarini moliyalashtirish, mahalliy byudjet mablag‘larini yo‘naltirish hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya jarayoni Xalq deputatlari Ellikqal’a tumani Kengashining Facebook tarmog‘ida https://www.facebook.com/share/v/1CSusQmMbt/ onlayn yoritildi.
Ellikqal'a tuman hokimligi axborot xizmati.




