Chigit ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
2026-03-26 16:05:00 / Yangiliklar

Chigit ekish mavsumiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
Qirqizobod hududidagi “Yangi zamin quyoshi” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun chigit ekish ishlarining boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi V. Niyazimbetov, paxtachilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Joriy yilda tumanda jami 8 ming 700 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4 ming 670 gektari 76x10 sm sxemada, 4 ming 30 gektari 76 sm kenglikdagi yakka qator sxemada ekiladi. Shuningdek, 2 ming 330 gektar maydonda Xitoyning “Shinjyon” texnologiyasi asosida paxta yetishtirish belgilangan.
Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 45 ta otryad shakllantirilib, ularga qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizatorlar biriktirildi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan chigit ekish agrotexnikasi, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.



