Ayni vaqtda Ellikqal’a tumani hokimi V. Niyazimbetovning yakka tartibdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
2026-03-27 10:55:00 / Yangiliklar

Ayni vaqtda Ellikqal’a tumani hokimi V. Niyazimbetovning yakka tartibdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan kommunal xizmatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uy-joy, infratuzilma hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilmoqda, murakkab va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri ekani amalda o‘z ifodasini topmoqda.
Ma’lumot uchun, tuman hokimining fuqarolar qabuli har haftaning juma kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
-------
